Welcome to O'zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika KengashiClick to listen highlighted text!Welcome to O'zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi
“Sho’rtan gaz kimyo majmuasi” MCHJ kasaba uyushmasi boshlang‘ich tashkiloti ayollar kengashi raisi Suvankulova Guljahon Usmanovna korxonada yig‘ilish o‘tkazdi. Unda xotin-qizlarga oid Prezidentimiz farmoni hamda qarorlari, hukumat qarorlari yuzasidan jamiyatda faoliyat yuritadigan xotin-qizlarga tushuntirish berilib, hujjatlarning mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida so‘z yuritildi.
Kengash a’zolari bilan kelishilgan holda yig‘ilish qarori bilan chora-tadbirlar belgilab olindi va shunga asosan har bir sex va bo‘limlarda mehnat qilayotgan xotin-qizlar bilan uchrashib, tushuntirish ishlari olib borishi belgilandi.
Yig’ilish so’ngida xotin qizlarning fikr va mulohazalari tinglandi va ular uchun majmuada yaratiladigan imkoniyatlar bilan tanishtirildi. Xususan, Majmuada xotin-qizlarning ishdan bo‘sh vaqtlarida shug‘ullanishlari uchun har xil sport turlari bo‘yicha to‘garaklar tashkil etilmoqda. Xotin-qizlar talablariga binoan ular uchun majmuaga yaqin joyda sport maydonchasi qurib bitkazilishi arafasida.
Manba: “Sho’rtan gaz kimyo majmuasi” MCHJ KUQ
O’zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi matbuot xizmati
Hashar davomida viloyatimizdagi "Miltiqchi", "Yoshlik", "Chimboy", "Samandarak", "Ishonch", "Tomosha", "Uchko‘prik" hamda "Qo‘qon" nimstansiya hududlari obobdonlashtirilibdi,…
🔥 “Hududgazta’minot” AJ Boshqaruv raisining 2026-yil 3-apreldagi 70-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash hamda 2026–2028-yillarga moʻljallangan yangilangan…
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: