KАSАBА UYUSHMАLАRIDА АYOLLАR KENGАSHINING O’RNI

O’zbekiston Energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tashabbusi bilan “Yangi kasaba uyushmalarida-Аyollar kengashining o’rni” mavzusida seminar-trening o’tkazildi.

Namangan viloyatidagi soʼlim sanatoriylardan biri boʼlmish “Nodirabegim-Muhammadxon” dam olish va sogʼlomlashtirish markazida uch kun davom etgan ushbu seminarda barcha hududlardagi ayollar kengashining vakillari ishtirok etishdi.

 Seminarda qoʼshni Qozogʼiston Respublikasining “Savdo-transport kompaniyasi” masʼuliyati cheklangan jamiyati kasaba uyushma qoʼmitasi raisi Аkbergenova Lazzat Kadirbekovna soʼzga chiqib, kasaba uyushmalarida xotin-qizlarga yaratilayotgan imkoniyatlar borasida oʼz fikr-mulohazalarini bildirib oʼtdi.

Rasmiyatchilikdan bir oz holi oʼtgan ushbu seminar-treningda Аyollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazining Namangan viloyati hududiy boʼlimi psixologi Nigora Hayrullaevaning yigʼilganlar ishtirokida oʼtkazgan treninggi barchaga yaxshi kayfiyat bagʼishladi.

Shuningdek, seminar ishtirokchilari ayni kunlarda viloyatda davom etayotgan “Xalqaro gullar festivali”ni tomosha qilish uchun Zahiriddin Muhammad Bobur bogʼiga tashrif buyurishdi.

 

 

O’zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi matbuot xizmati

Print Friendly, PDF & Email