«Navoiy issiqlik elektr stansiyasi» AJ da rahbar va ishchi xotin-qizlar o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi

«Navoiy issiqlik elektr stansiyasi» aksiyadorlik jamiyatida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga kerakli shart-sharoitlar yaratib berish masalalariga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. 

Xususan, xotin-qizlar muammolarini o‘rganish, ularga har tomonlama ko‘mak berish maqsadida stansiya Bosh direktori, Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi va Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda ayollar gender tengligini ta’minlash, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, salomatligini muhofaza qilish, intilish va tashubbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularga munosib mehnat va dam olish sharoitlarini yaratish bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi.

Shuningdek uchrashuvda «IES» AJning 2022 yil 1 iyun’ kunidagi 211-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida odob-axloq va kiyinish madaniyati to‘g‘risida alohida to‘xtalib o‘tildi.

 

Manba: «Navoiy issiqlik elektr stansiyasi» AJ KUQ matbuot xizmati

 

O’zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi matbuot xizmati

Print Friendly, PDF & Email