«Yon’gin xavfsizlik oyligi» doirasida profilaktik targ’ibot tadbirlari davom etmoqda.
“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tizim korxonalarida yong‘in xavfsizligini ta’minlash, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda holatlarning oldini olish maqsadida “Yong‘in xavfsizligi oyligi” tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.
Shu munosabat bilan Navoiy issiqlik elektr stansiyasida yong‘in xavfsizligi talablarini targ‘ib qilish, bu borada xodimlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha reja asosida korxonaning barcha sex va uchastkalarida turli profilaktik targ‘ibot tadbirlari, taktik o‘quv mashg‘ulotlari hamda uchrashuvlar tashkil etilmoqda.
Shuningdek, oylik doirasida korxona ishchi-xodimlariga yong‘in o‘chirish texnik asbob-anjomlari to‘g‘risida tushunchalar berilib, yong‘in sodir bo‘lganda xodimlarning xatti-harakati, is gazidan zaharlanishni oldini olish, birlamchi yong‘in o‘chirish vositalaridan samarali foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalar berib borilmoqda. bugungi tadbir davomida ham barchani nosoz qo‘lbola elektr uskunalaridan foydalanmaslik, ish kuni yakunida elektr toki uzatkichlaridan uzilmay qolgan texnika vositalariga alohida e’tibor berib xonani tark etish kabi yong‘inni oldini oluvchi oddiygina qoidalarga rioya etishni targ‘ib qildik. Qolaversa, yong‘in xavfsizligi qoidalarini nafaqat ishda, balki uyda ham unutmaslik lozim, – deydi Yong‘in xavfsizligi katta noziri Salim Bobomurodov.
Manba: «Navoiy IES» AJ KUQ
O’zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi matbuot xizmati.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: