“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasi tashabbusi bilan bir guruh xodimlar dunyoni o‘ziga rom etgan azim Samarqand shahrining diqqatga sazovor maskanlariga sayohat uyushtirildi.

“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” hamda “Yurtim tarixini o‘rganaman!” shiorlari ostida tashkil etilgan mazkur tadbir xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, milliy madaniy merosimiz va buyuk allomalarimiz hayoti bilan yaqindan tanishishga xizmat qildi. Sayohat ishtirokchilarida unutilmas taassurotlar qoldirdi.

Ikki kun davom etgan sayohat dasturi dastlab Imom Buxoriy majmuasi ziyoratidan boshlandi. Shuningdek, Mahdumi Azam ziyoratgohi, zamonaviy Silk Road Samarkand turizm markazi, Amir Temur maqbarasi, Registon maydoni va Bibixonim masjidi kabi tarixiy obidalar bilan yaqindan tanishildi.

Shu tariqa, ushbu sayohat nafaqat xodimlar uchun mazmunli dam olish, balki ularning tarixiy ongi va ma’naviy dunyoqarashini boyitishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Samarqand shahridagi bebaho meros obyektlari bilan tanishish orqali ishtirokchilar yurtimizning boy tarixi, madaniyati va buyuk allomalarimiz merosiga bo‘lgan hurmat va iftixor tuyg‘ularini yanada mustahkamladilar.

Print Friendly, PDF & Email