Welcome to O'zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika KengashiClick to listen highlighted text!Welcome to O'zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi
So’ngi yillarda mamlakatimizni demokratlashtirish borasida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlar natijasida ulkan o’zgarishlar ro’y bermoqda, ayniqsa yurtimizdagi yangilanish va o’zgarishlarda Yangi O’zbekistonning Yangi Kasaba uyushmalari ham faol ishtirok etib, islohotlarni qo’llab – quvvatlagan holda turli soha xodimlarining ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari va mehnat sohasidagi huquqlarini himoyalash borasida tizimli ishlarni amalga oshirib kelmoqdalar.
Bugun “11 noyabr – O’zbekiston kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filialida bayram tadbiri bo’lib o’tdi. Tadbirda O’zbekiston Energetika neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi rais o’rinbosari S.Egamberdiyev hamda O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Andijon viloyati kengashi ijtimoiy himoya bo’limi mudiri E.Teshaboyevlar ishtirok etdi.
Tadbir davomida xodimlar uchun yaratilgan shart – sharoitlar hamda muammolar muhokama etilib, kelgusida Kasaba uyushma qo’mitasi tomonidan bajarilishi lozim bo’lgan bir qator rejalar belgilab olindi.
Bayram munosabati bilan tizimda halol va fidokorona – halol mehnati bilan yurt taraqqiyotiga munosib hissa qo’shib kelayotgan soha xodimlari Respublika kengashi, Viloyat kengashi hamda Filial Kasaba uyushmasi qo’mitasi tomonidan taqdirlandi.
Manba:“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali KUQ
Oʻzbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi matbuot xizmati
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: