Respublika Kengashi mutasaddilari Xorazm viloyatida joylashgan tashkilotlar faoliyati bilan tanishdilar.

Har qanday davlat va jamiyat taraqqiyoti bir qator omillar asosida yuz beradi. Bu jarayonda ayollar va yoshlarning ijtimoiy-siyosiy munosabatlardagi ishtiroki, huquq va erkinliklari amalda ta’minlanganligi masalasi – davlatlar rivojining hamda demokratiyaning muhim indeksi sanaladi. Prezidentimizning yoshlar va ayollarga oid davlat siyosatini targ‘ib qilish maqsadida joriy yilning 31 yanvar sanasida O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari Respublika kengashi xodimlari Z.S. Avezov, Xotin-qizlar masalasi bo‘yicha rais maslahatchisi Y.F.Adilova hamda Yoshlar masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis F.B.Boboqulovalar «Ugranch neft bazasi» MChJ hamda «Hududgazta’minot» AJ BKUQ Xorazm viloyati hududiy gaz ta’minoti filialida bo‘ldilar. Tashrifdan asosiy maqsad korxonada faoliyat ko‘rsatayotgan ishchi-xodimlarga yaratilgan shart-sharoitlar, talab va takliflarni o‘rganib chiqish , kasaba uyushmasi faoliyati hamda «Ayollar kengashi» va yoshlar birlashmasiga amaliy yordam ko‘rsatishdan iborat edi.

1-fevral kuni vakillarimiz “Hududiy elektr tarmoqlari”AJ Xorazm hududiy filialiga tashrif buyurishdi va u yerdagi holatni organishdi. Filialda xodimlar uchun yaratilgan ish sharoitlar, xotin-qizlarga berilayotgan eʼtibor va gendr tengligi borasida 2022-yilda amalga oshirilgan ishlar koʻzdan kechirilar ekan, salmoqli ishlar amalga oshirilganligi eʼtirof etildi.  Shundan keyin filialning xotin-qizlar va yoshlar masalalari boʻyicha yigʻilish tashkillashtirilib, xodimlar bilan qiziqarli suhbat olib borildi.

2- fevral kuni xodimlarimiz “Yuggazstroy” AJ hamda “Tuyamo’yin GES” ga  kasaba uyushmasi faoliyati bilan tanishish, ayollar kengashi va yoshlar bilan ishlash komissiyasini tuzish va amaliy yordam berish maqsadida tashrif buyurdilar. Amaliy yordam berish natijasida “Yuggazstroy” AJ da shu ma’lum bo‘ldiki, ishchi xodimlarga oylik ish xaqi o‘z vaktida berib kelinmoqda, ammo oylik ish xaqidan ushlab qolingan a’zolik ba’dallari o‘z vaqtida kasaba uyushmasi hisobiga o‘tkazib berilmagan hamda 2022 yil hisobi bo‘yicha 218 mln.ga yaqin qarzdorlik borligi aniqlangan. Ushbu masalaga oydinlik kiritish maqsadida Respublika kengashi xodimlari  tomonidan raxbar o‘rinbosari bilan suhbat o‘tkazildi. Suhbat natijasida rahbar o‘rinbosari 1 oy muhlat ichida vaziyatni o‘rnatilgan tartibda hal qilishga va’da berdi. Bundan tashqari, “Tuyamo’yin GES”  ga tashrif davomida kasaba  uyushmasiga ta’luqli bo‘lgan ayrim hujjatlari mavjud emasligi ma’lum bo‘ldi. Kasaba uyushmasi raisi J.Sattarovga  1 oy ichida ushbu hujjatlar o‘rnatilgan tartibda joyiga keltirilishi so‘raldi.

 

O’zbekiston eneregtika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi matbuot xizmati

Print Friendly, PDF & Email