✅ 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Taxiatosh IES” AJda “Uch avlod uchrashuvi” ma’naviy-ma’rifiy tadbiri tashkil etildi. Tadbirda mazkur elektr stansiyada uzoq yillar samarali mehnat qilib, bugungi kunda nafaqada bo‘lgan mehnat faxriylari, ko‘p yillik tajribaga ega xodimlar hamda stansiyada faoliyat yuritayotgan yosh mutaxassislar ishtirok etdi.

Uchrashuv avvalida stansiyaning ilk qurilish davridan tortib, bugungi kunga qadar bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘li aks ettirilgan tarixiy videorolik namoyish etildi. Unda korxonaning shakllanish jarayoni, turli davrlardagi mehnat faoliyati hamda energetika sohasidagi yutuqlar yoritildi.

Tadbir davomida mehnat faxriylari o‘zlarining ko‘p yillik ish faoliyati, sohada duch kelgan sinov va qiyinchiliklar, erishilgan muvaffaqiyatlar haqida yosh avlodga samimiy so‘zlab berdilar. Ayniqsa, ustozlarning kasbga sadoqat, fidoyilik va mas’uliyat haqidagi fikrlari yoshlar uchun katta motivatsiya bo‘ldi.

Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuv davomida avlodlar o‘rtasidagi vorisiylik, tajriba almashinuvi va ustoz-shogird an’analarining ahamiyati alohida ta’kidlandi. Tadbir yakunida tashrif buyurgan faxriy mehmonlarga stansiya rahbariyati hamda kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan tayyorlangan esdalik sovg‘alari topshirildi.

Print Friendly, PDF & Email