“G’allaorol MGQB” da mehnat muhofazasi va xodimlarni huquqini himoya qilish bo`yicha jamoatchilik nazorati o`tkazildi

Joriy yilning 12-13 oktabr kunlari O’zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi o`rinbosari S.S. Egamberdiyev, “O`ztransgaz” AJ Birlashgan kasaba uyushmasi raisi B.A.Boboxonov, G’allaorol MGQB kasaba uyushmasi raisi A. Boymuratovalar boshchiligida G’allaorol magistral gaz quvurlari boshqarmasida mehnat muhofazasi va xodimlarni huquqini himoya qilish bo`yicha jamoatchilik nazorati o`tkazildi. G’allaorol magistral gaz quvurlari boshqarmasi ishchi-xodimlarini 11 noyabr Kasaba uyushmasi kuni bayrami bilan tabriklab, esdalik sovg’alar ulashildi.

Ozbekiston energetika, neftgaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi matbuot xizmati

Print Friendly, PDF & Email