To‘raqo‘rg‘on IES korxonasida “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” Respublika tanlovining 1-bosqichi tadbirlari bo‘lib o’tdi

To’raqo’rg’on IES korxonasida “Qadring baland bo’lsin, ona tilim” Respublika tanlovining 1-bosqichi tadbirlari bo’lib o’tdi. Ikki nominasiyada o’tkazilgan tanlovda respublika tanlovining 2-bosqichi ishtirokchilari aniqlandi.

1-nominasiya “Davlat tilida (lotin yozuvida) ommaviy diktant yozish bo’yicha quyidagi xodimlar hay’at a’zolari g’olib va sovrindorlar deb topildilar:

1-o’rin – Tanlov g’olibi hamda respublika tanlovi 2-bosqichiga yo’llanma – KS BGQ sexi katta ustasi Rahmatullo Otaboyev;

2-o’rin  – Kimyo sexi xodimi Alisher Asrorov;

3-o’rin – Elektr sexi xodimi Gulnora Jo’rayeva.

2-nominasiya “Badiiy-ijodiy chiqishlar” bo’yicha KS BGQ sexi xodimi Shavkat Mamadaliyev tanlov g’olibi hamda respublika tanlovi 2-bosqichiga yo’llanmaga ega bo’ldi.

Manba: “To’raqo’rg’on IES” KUQ Matbuot xizmati

 

O’zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi matbuot xizmati

Print Friendly, PDF & Email