O‘zbekneftgaz AJ Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan xotin-qizlari o‘rtasida “Voleybol chempionati-2023” musobaqasi bo‘lib o‘tdi

Xotin-qizlar o‘rtasida sportni ommalashtirish maqsadida “O‘zbekneftgaz” AJ BKUQ tomonidan “Voleybol chempionati-2023” musobaqasi tashkil etildi.

Unda “O‘zbekneftgaz” AJ Markaziy apparati, Jamiyat tasarrufidagi boshqarma va korxonalarda faoliyat olib borayotgan xotin-qizlardan iborat jamoalar ishtirok etdi.

Chempionatning birinchi bosqichida hududiy korxonalarda faoliyat olib borayotgan xotin-qizlardan iborat jamoalar o‘zaro bellashdilar.

Joriy yilning 27-28 oktabr kunlari “JAR” sport majmuasida saralash bahslarida g‘olib bo‘lgan jamoalarning final bosqichi o‘tkazildi.

Yakuniy natijalariga ko‘ra:

1-o‘rinni Muborak gazni qayta ishlash zavodi,

2-o‘rinni Buxoro neftni qayta ishlash zavodi,

3-o‘rinni Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi jamoasi qo‘lga kiritdi

Tadbirda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Ozoda Parbibayeva ishtirok etdi.

Manba: “O‘zbekneftgaz” AJ BKUQ matbuot xizmati

O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi matbuot xizmati

Print Friendly, PDF & Email