Sho‘rtan gaz kimyo majmuasida «Zakovat Quiz» intellektual bellashuvi bo‘yicha «Yoshlar kubogi-2024» turniri bo‘lib o‘tdi

Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi hamda «Zakovat» NTT hamkorligida «30 iyun – Yoshlar kuni» munosabati bilan «Zakovat Quiz» intellektual bellashuvi bo‘yicha «Yoshlar kubogi-2024» turniri bo‘lib o‘tdi.

Turnirda ro‘yxatdan o‘tgan 12 ta jamoa ishtirok etib, turli mavzulardan iborat bo‘lgan 9 raundli o‘yin davomida o‘zaro bellashdilar.

Boshlovchi tomonidan berilgan turli xil mavzularni qamrab olgan qiziqarli savollar nafaqat bilimdonlarga, balki tomoshabinlarga ham xush kayfiyat bag‘ishladi.

Turnir yakuniy natijalariga ko‘ra quyidagi jamoalar g‘oliblikni qo‘lga kiritdi:

1-o‘rin – ShGKM Yoshlar ittifoqining «Yutsak Abdukarimni uylantiramiz» jamoasi

2-o‘rin – Tashqi suv ta’minoti sexining «Okean» jamoasi

3-o‘rin – Nazorat o‘lchov asboblari va avtomatlashtirish sexining «Orion» jamoasi

Turnir yakunida g‘oliblar majmua ma’muriyati va Kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Manba: “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” KUQ

O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi matbuot xizmati

Print Friendly, PDF & Email