🌸Geologiya fanlari universitetida Navro‘z bayrami keng nishonlandi
✍️Geologiya fanlari universitetida Navro‘z umumxalq bayrami ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi. Tadbirda professor-o‘qituvchilar, talabalar hamda ilmiy tadqiqot…
Mamlakatimizda yoshlar siyosatini yangi bosqichga olib chiqish, ularning intellektual va kasbiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish maqsadida har hafta payshanba kuni “Yoshlar kuni” sifatida keng nishonlanmoqda. Shu munosabat bilan respublika bo‘ylab turli tashkilotlar, mahallalar va davlat idoralarida turli darajadagi rahbar xodimlar va yoshlar ishtirokida uchrashuvlar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda amaliy seminarlar tizimli ravishda tashkil etilmoqda.Ana shunday mazmunli tashabbuslardan biri “Shurtan gaz kimyo majmuasi” MChJda ham yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, har payshanba kuni yoshlar uchun turli yo‘nalishlarda foydali va dolzarb mavzularga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda. Jumladan, majmuada tashkil etilgan “Lider yoki rahbar: Siz qay birini tanlaysiz?” mavzusidagi seminar yoshlar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.
Mazkur seminar SHGKM Yoshlar boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti bitiruvchilari bo‘lgan majmuaning bir guruh yosh mutaxassislari tomonidan tashkil etildi. Tadbir davomida “Liderlik” va “Jamoaviy ishlash” mavzularida taqdimotlar o‘tkazilib, ishtirokchilarga nazariy bilimlar bilan birga amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan mashg‘ulotlar ham tashkil etildi.
Seminar jarayonida mazkur ta’lim maskanida tahsil olgan yosh mutaxassislar o‘z tajribalari asosida institutdagi ta’lim tizimi, yaratilgan imkoniyatlar hamda uning amaliy ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar ham berdilar. Bu esa tadbir ishtirokchilarida kelajakda malaka oshirish va kasbiy rivojlanish borasida aniq tasavvurlar shakllanishiga xizmat qildi.
Shuningdek, taqdimotlarda liderlik va rahbarlik tushunchalarining mohiyati, ular o‘rtasidagi muhim farqlar, zamonaviy boshqaruv ko‘nikmalarini shakllantirish masalalari chuqur tahlil qilindi. Ishtirokchilar o‘zaro fikr almashib, jamoada samarali ishlash, tashabbuskorlikni rivojlantirish hamda mas’uliyatni to‘g‘ri taqsimlash kabi dolzarb masalalar yuzasidan tajriba almashdilar.
Mazkur seminar yoshlarning bilim va ko‘nikmalarini boyitish, ularning liderlik salohiyatini rivojlantirishga xizmat qilgan muhim tadbirlardan biri bo‘ldi.






Spelling error report
The following text will be sent to our editors: