Welcome to O'zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika KengashiClick to listen highlighted text!Welcome to O'zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi
2025-yil 10 dekabr kuni Qashqadaryo viloyati sudi fuqarolik sudlov hay’atining kassatsiya instansiyasida bo‘lib o‘tgan sud majlisida O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi nomidan onlayn tarzda ishtirok etildi.
Sud majlisi davomida Respublika Kengashi tomonidan xodim manfaatlarini himoya qilgan holda huquqiy asoslangan xulosa va Kengashning qat’iy pozitsiyasi bayon etildi. Taqdim etilgan fikrnoma va dalillar sud tomonidan inobatga olindi.
Sud yakuniga ko‘ra, “O‘zbekneftgaz” AJga nisbatan kiritilgan da’vo talablari qanoatlantirilib, da’vogar Esanov Eshpulat Ismoilovichning buzilgan mehnat va ijtimoiy huquqlari to‘liq tiklandi.
Respublika Kengashi kelgusida ham soha xodimlarining qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish ishlarini izchil davom ettiradi.
O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: