“Uzbekistan GTL” MChJ zavodida ishchi-xodimlarning intellektual salohiyatini oshirish va jamoaviy birdamlikni mustahkamlash maqsadida “Zakovat-Quiz I 2026” intellektual oʻyini tashkil etildi.
Ushbu intellektual musobaqada korxonaning turli boʻlimlaridan jami 20 ta jamoa gʻoliblik uchun kurashdi. Har bir savol ortida hayajon, har bir javob ortida esa kuchli mantiq va bilimlar toʻqnashuvi namoyon boʻldi. Ish jarayonidagi aniqlik va tezkorlik bu gal intellektual maydonda ham yaqqol sezilib turdi.
Murosasiz kechgan bahslar natijasiga koʻra, eng yuqori bilim va natija koʻrsatgan jamoalar quyidagicha taqdirlandilar:
1-oʻrin: Buxgalteriya boʻlimining “Accountants” jamoasi — Hisob-kitobda adashmaydigan jamoa bilimda ham tengsiz ekanligini isbotladi hamda korxonaning Zakovat kubogini qayta qoʻlga kiritishdi!
2-oʻrin: Mukammallik markazi boʻlimining “Miks” jamoasi — Har sohadan mukammal bilimlarni jamlagan holda faxrli oʻrinlardan birini egalladi. Ushbu jamoa ushbu turnirda ilk marta ishtirok etishiga qaramay gʻoliblar safidan joy oldi.
3-oʻrin: Yigʻma axborot va tahlil boʻlimi hamda Avtotransportlardan foydalanish boʻlimi xodimlaridan tashkil topgan “Quizzers” jamoasi — Kuchli tahlil va tezkor harakat uygʻunligi ularni gʻoliblar safiga olib chiqdi. Oʻtgan turnirda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan ushbu jamoaga bu safar ham munosib ishtirok etdi.
Taqdirlash marosimida Korxona rahbariyati hamda kasaba uyushmasi raisi soʻzga chiqib, Bu kabi oʻyinlar nafaqat bilimni sinash, balki jamoalar oʻrtasida doʻstona muhitni mustahkamlashga xizmat qilishini taʼkidlab, gʻoliblarni samimiy tabriklashdi.

Print Friendly, PDF & Email