🔉»Yakkabogʻ geofizika ekspeditsiyasi» filialida Jamiyat Jamoa shartnomasida belgilangan tartib asosida konferensiya bo‘lib o‘tdi.
🔻»O‘zbekgeofizika» aksiyadorlik jamiyati filiallarida Jamoa shartnomasi ijrosi yuzasidan o‘tkazilayotgan tadbirlar doirasida 24-fevral kuni mazkur filialda navbatdagi konferensiya tashkil etildi. Unda Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi R.I. Ahmatqulov raislik qildi
🔻Yig‘ilishda 2025-yil yakunlari, ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari hamda ijtimoiy yo‘nalishdagi ishlar muhokama qilindi.
🔻Ma’muriyat va Kasaba uyushmasi qo‘mitasining hisobotlari tinglandi.
🔻Yakunda delegatlar tomonidan filial Kasaba uyushmasi qo‘mitasi faoliyati qoniqarli deb baholandi.
Manba: «O‘zbekgeofizika» AJ BKUQ matbuot xizmati◀️


Spelling error report
The following text will be sent to our editors: