Welcome to O'zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika KengashiClick to listen highlighted text!Welcome to O'zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi
«Oʻzbekneftgaz» AJning 2023–2025-yillarga moʻljallangan jamoa shartnomasining oʻtgan yilgi ijrosi hamda 2026–2028-yillar uchun hujjat loyihasi muhokamasiga bagʻishlangan konferensiya boʻlib oʻtdi. Unda zavod va boshqarmalardan saylangan delegatlar ishtirok etdi. Tadbir davomida jamoa shartnomasining 2025-yilda bajarilishi yuzasidan ish beruvchi va Birlashgan kasaba uyushmasi qoʻmitasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar hisobotlari taqdim etildi. Shuningdek, maʼmuriyat va kasaba uyushmasi qoʻmitasining sarhisobi eshitilib, jamoa shartnomasi Jamiyatda mehnat munosabatlarini samarali tashkil etish, mehnat sharoitlarini baholash mezonlarini kelishish, ijtimoiy barqarorlikni taʼminlash hamda hamjihatlik muhitini mustahkamlashga xizmat qilayotgani alohida qayd etildi. Delegatlar ish beruvchi va kasaba uyushmasi oʻrtasidagi oʻtgan yilgi samarali hamkorlikni bir ovozdan qoniqarli deb baholadilar. Shundan soʻng, Jamiyatning 2026–2028-yillarga moʻljallangan hujjat loyihasi atroflicha koʻrib chiqilib, keng muhokamalardan keyin delegatlar tomonidan maʼqullandi. Muhokamalar jarayonida berilgan savol va takliflarga batafsil javob hamda tushuntirishlar berildi.
2026-2028-yillar uchun mo‘ljallangan Jamoa shartnomasi 2026-yil 16-mart kuni rasman tasdiqlandi."YuqoriChirchiqtumangaz" gaz ta’minoti bo‘limida ishchi-xodimlar ishtirokida…
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: