Ramazon oyida ezgu va xayrli ishlar izchil davom etmoqda
Muborak Ramazon oyi munosabati bilan yurtimizda ehtiyojmand oilalar holidan xabar olish, nuroniy otaxon va onaxonlarni yo‘qlash, ular uchun iftorlik dasturxonlari yozish kabi savobli va xayrli tadbirlar keng ko‘lamda amalga oshirilmoqda. Bu kabi ezgu tashabbuslar jamiyatda mehr-oqibat, saxovat va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Shu qatorda «Hududgaz Sirdaryo» gaz ta’minoti filiali ham Ramazon oyining fayzu barakasidan bahramand bo‘lib, xayrli ishlarga faol hissa qo‘shmoqda. Jumladan, filial direktori J. Xidirov Boyovut tumani hududidagi Yangi avlod mahallasida istiqomat qiluvchi ehtiyojmand oilalar xonadonidan xabar olib, ularning hol-ahvoli bilan yaqindan tanishdi hamda zaruriy ko‘mak ko‘rsatdi.
Shuningdek, mazkur mahalladagi xonadonlarning birida iftorlik dasturxoni yozilib, muborak oyga xos samimiy va fayzli muhit yaratildi. Tadbirda mahalla imom-xatibi, mahalla faollari, nuroniylar hamda fuqarolar ishtirok etdi. Qur’oni karim tilovat qilinib, yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi, yurt ravnaqi va xonadonlarga baraka tilab duolar qilindi.
Tadbir davomida Ramazon oyining inson qalbida mehr-shafqat, sabr-qanoat va o‘zaro hurmat tuyg‘ularini mustahkamlashdagi ahamiyati alohida ta’kidlandi. Shuningdek, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, keksalarni e’zozlash va ularga e’tibor qaratish har bir tashkilot va jamoaning ijtimoiy mas’uliyati ekani qayd etildi.


Spelling error report
The following text will be sent to our editors: