🌷 Zulfiya Isroilova merosi – milliy ma’naviyat va Vatanga muhabbat timsoli
💐 O‘zbekiston xalq shoirasi Zulfiya Isroilova tavalludining 111 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan madaniy-ma’rifiy tadbirlarda Energetika vazirligi hamda tizim tashkilotlari xotin-qizlari faol ishtirok etdi.
Bugun, 28-fevral kuni Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda qator vazirlik va idoralar hamkorligida tashkil etilgan tadbirlar doirasida dastlab Adiblar xiyobonida shoiraning haykali poyiga gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda vazirlik va idoralar, jamoat tashkilotlari, ijodkor ziyolilar, ta’lim muassasalari vakillari, yoshlar hamda keng jamoatchilik qatnashdi.
Shuningdek, Yozuvchilar uyushmasida “Diydor baxti nasib yana Siz bilan” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Unda Zulfiya Isroilovaning o‘zbek adabiyoti va milliy ma’naviyat rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasi, ijodida ona yurtga muhabbat, sadoqat, matonat, insoniylik va ezgulik g‘oyalarining yuksak badiiy talqini alohida ta’kidlandi.
Tadbirda Energetika vazirligi tizimidagi xotin-qizlar faol ishtirok etib, shoiraning boy ma’naviy merosini keng targ‘ib etish, yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlash yo‘lidagi bunday tashabbuslarning ahamiyati yuqori ekanini qayd etdilar.


Spelling error report
The following text will be sent to our editors: