“O‘ztransgaz” AJ tizim korxonalarida erkak ishchi xodimlar bilan bir qatorda ming nafarga yaqin xotin-qizlar mehnat qilib, soha rivojiga hissa qo‘shib kelishmoqda. Jamiyat masʼullari hududiy korxonalarda xotin-qizlar bilan uchrashib, ularga yaratilgan sharoitlarni bevosita kuzatib boradi. Boshqaruv raisining Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi ayol xodimlar bilan suhbatlashish maqsadida boshqarmalarda ochiq muloqotlar o‘tkazmoqda.
Qo‘ng‘irot magistral gaz quvurlari boshqarmasidagi uchrashuv
Qo‘ng‘irot boshqarmasida 20 nafar xotin-qizlar ham mehnat qilmoqda. Priborchi, operator, hisobchi, tibbiy xodim, farrosh kabi vazifalarda ishlayotgan ayollar korxona ishiga va oila moddiyatiga qo‘shgan salmoqli hissasidan mamnun holda faoliyat yuritmoqda. Boshqarmada o‘tgan uchrashuv davomida ayol xodimlar o‘z ishlari, tajriba va hayotlari haqida fikr bildirdilar. Savollarga Ijroiya apparati masʼullari javob qaytarib, muloqotni ochiq va samarali o‘tkazishga erishildi.
Farg‘ona boshqarmasidagi uchrashuv ham ochiq muloqot tarzida o‘tdi
Xotin-qizlar o‘z vazifalarini qanday uddalayotganlari va mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha takliflarini bildirishdi. Masʼul o‘z navbatida gender tenglik va xotin-qizlarning korxonadagi o‘rni va ahamiyati haqida so‘z yuritdi. Bildirilgan takliflarni imkon qadar amalga oshirish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

Print Friendly, PDF & Email