JAMOA SHARTNOMASI: XODIMLAR MANFAATI VA IJTIMOIY HIMOYA USTUVOR VAZIFA
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Jizzax hududiy filialida ma’muriyat va kasaba uyushmasi qo‘mitasining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib…
“O‘zbekneftgaz” AJda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning mehnatiga munosib baho berish va jamoadagi oʻrnini eʼtirof etishga alohida eʼtibor qaratib kelinmoqda.
Ana shu anʼanalar doirasida jamiyat markaziy apparati hamda uning tasarrufidagi neft va gaz qazib chiqarish boshqarmalari, qayta ishlash zavodlari va tayyor mahsulotni saqlash bazalarida “Ayol baxtli bo‘lsa, jamiyat baxtlidur” shiori ostida tizimda faoliyat yuritayotgan ayollarga bayramga munosib tuhfalar taqdim etildi.
Xususan, soha rivojiga munosib hissa qoʻshayotgan, fidoyiligi va yuksak masʼuliyati bilan jamoada alohida oʻrin egallagan 48 nafar xotin-qiz “Oʻzbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisining “Faxriy yorliq”lari va pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.
Shuningdek, bayram munosabati bilan barcha ayollarga esdalik sovgʻalari hamda tashkil etilgan konsert dasturlariga taklifnomalar taqdim etildi.









Spelling error report
The following text will be sent to our editors: