🍀 2026-yil 13–14 mart kunlari mamlakatimizda o‘tkazilgan umumxalq xayriya hashari doirasida Buxoro NQIZ rahbarlari va ishchi-xodimlari faol ishtirok etdilar.

🌿 Hashar davomida Neftchilar shaharchasidagi maktab, bog‘cha, shifoxona, Imom Buxoriy mahallasiga qarashli hududlar, sun’iy ko‘l atrofi hamda yo‘l bo‘ylari obodonlashtirildi. Daraxt va gullar ekilib, hududlar tartibga keltirildi.

🍀 “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi” shiori ostida o‘tkazilgan hasharda faol qatnashgan barcha qatnashchilarga samimiy minnatdorchilik bildirildi.

Print Friendly, PDF & Email