🎉O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2026-yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida»gi qaroriga ko‘ra yurtimizda Navro‘z umumxalq bayrami keng miqyosda nishonlanadi. Shu munosabat bilan bayram arafasida «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida yurtimizda bahorgi ko‘chat ekish tadbirlari bo‘lib o‘tdi.

🍀Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi xodimlari ham mazkur loyiha doirasida Mirobod tumani “Mirobod” MFY hududidan Agentlikka ajratilgan yer maydoniga manzarali ko‘chatlar ekishdi.

🌎Ushbu xayrli tadbir aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni yuksaltirish, mamlakatimiz yashillik darajasini oshirishga xizmat qiladi.

Print Friendly, PDF & Email