“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand hududiy filialida mehnat qilayotgan ishchi-xodimlar o‘rtasida stol tennisi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslarning yakuniy natijalariga ko‘ra, ayollar o‘rtasida 1-o‘rinni Samarqand shahar elektr ta’minoti xodimi Tatyana Urmanseva egalladi. 2-o‘ringa Jomboy tuman elektr ta’minoti xodimi Ozoda Saidova, 3-o‘ringa esa Mustahkamlik va xavfsizlik texnikasi xizmati mutaxassisi Irina Do‘nayeva munosib ko‘rildi.<br>Erkaklar o‘rtasida o‘tkazilgan bellashuvlarda ham g‘oliblar aniqlandi. Unga ko‘ra, Markaziy ta’mirlash ustaxonasi ustasi Jahongir Jo‘rayev barcha raqiblaridan ustun kelib, birinchilikni qo‘lga kiritdi. 2-o‘rinni Samarqand shahar elektr ta’minoti xodimi Ulug‘bek Ahmedov va 3-o‘rinni Toyloq tuman elektr ta’minoti xodimi Shahboz Tugalov egalladi.<br>Musobaqa so‘nggida g‘olib va sovrindorlarga Kasaba uyushma qo‘mitasining sovg‘alari topshirildi.

Manba: “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand hududiy filiali KUQ

O’zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi matbuot xizmati

Print Friendly, PDF & Email