“Magistraltarmoqqurilish” filialida 8-mart bayrami ko‘tarinki kayfiyatda nishonlandi
🌷 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan jamoamizning muhtaram ayol xodimalari ish boshlanishidan avval…
Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar izchil davom ettirilib, navbatdagi safar Islom sivilizatsiyasi markaziga tashkil etildi. Ushbu tashrif jamoamiz uchun nafaqat sayohat, balki chuqur ma’naviy anglash va tarixiy merosimizni yaqindan his etish imkoniyatini yaratdi.
“HET” AJ Energosavdo filiali Qoraqolpog’iston bo’linmasi xodimlari ushbu muazzam maskanga tashrif buyurib, islom sivilizatsiyasining boy va serqirra tarixiga oid nodir manbalar bilan tanishdilar. Markazda jamlangan noyob qo‘lyozmalar, qadimiy asarlar, tarixiy hujjatlar hamda zamonaviy texnologiyalar asosida yaratilgan ekspozitsiyalar ajdodlarimizning ilm-fan, madaniyat va ma’rifat yo‘lidagi ulkan hissasini yaqqol namoyon etadi.
Safar davomida xodimlar buyuk allomalarimizning boy ilmiy merosi, ularning dunyo sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan hissasi haqida keng ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Ayniqsa, markazdagi interaktiv ko‘rgazmalar va innovatsion yondashuvlar tarixni yanada jonli va ta’sirchan tarzda his etish imkonini berdi.
Mazkur ma’naviy safar jamoamiz a’zolarida milliy o‘zlikni anglash, ajdodlarimiz merosiga hurmat va ehtirom tuyg‘ularini yanada mustahkamladi. Shu bilan birga, bu tashrif xodimlar o‘rtasida o‘zaro hamjihatlik, birdamlik va jamoaviy ruhni kuchaytirishga xizmat qildi.







Spelling error report
The following text will be sent to our editors: