“Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filialining tegishli bo’lim mas’ullari ishtirokida tuman va shahar gaz ta’minoti bo’limlarida “Hududgazta’minot” AJning 2026-2028-yillar uchun Jamoa shartnomasi bo’yicha yig’ilish tadbirlari bo’lib o’tmoqda. Unda ish beruvchi va xodimlar o’rtasida mehnatga oid ijtimoiy-iqtisodiy hamda kasbiy munosabatlarni tartibga solish maqsadida ishlab chiqilgan Jamoa shartnomasining mazmun-mohiyati haqida batafsil tushuntirishlar berilmoqda.
Shuningdek, murojaatlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish, aholi kayfiyatiga salbiy ta’sir qiluvchi omillarni o’rganish, dolzarb, yechimini kutayotgan muammolarni bartaraf qilish, aholi bilan muloqot davrida etika, muomala qoidalariga qat’iy rioya etishlari maqsadida seminar-treninglar o’tkazilmoqda. Bevosita har bir xodim vazifasiga mas’uliyat bilan yondashishi, korrupsion omillarning oldini olishi, odob-axloq qoidalariga amal qilish masalalari tanqidiy jihatdan tahlil qilindi, “Korporativ axloq qoidalari”da belgilab qo’yilgan vazifalarga e’tibor qaratildi.
Fikr-mulohazalar qatori takliflar ham bildirildi. Har bir taklif mas’ul xodimlar tomonidan e’tiborga olinishi ta’kidlandi.

Print Friendly, PDF & Email