🏛 Geologiya fanlari universitetida “Shanba — sport kuni” doirasida salomatlik uchun 5000 qadam loyihasi hamda tonggi badantarbiya mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

🏃‍♂️ Mazkur tadbir sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, talabalar orasida sport madaniyatini yuksaltirish, jismoniy faolligini oshirishga xizmat qildi. Ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari davomida ishtirokchilar faol harakatlar orqali kunni tetiklik va ko‘tarinki kayfiyatda boshlash imkoniga ega bo‘ldilar.

🏀 Universitetda “Shanba — sport kuni” doirasida bunday sog‘lomlashtirish tadbirlarini muntazam tashkil etish orqali jamoa a’zolarining salomatligini mustahkamlash, ularning ish samaradorligini oshirish hamda faol hayot tarzini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Print Friendly, PDF & Email