⚜️⚜️⚜️Madaniy hordiq — jamoa hamjihatligi omili⚜️⚜️⚜️
"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta’minoti filiali kasaba uyushmasi a’zolarining madaniy hordiq chiqarishlarini ta’minlash maqsadida viloyat musiqali…
“28 aprel – Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni” munosabati bilan “Hududgaz Andijon” gaz ta’minoti filiali va boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan davra suhbati tashkil etildi. Unda Andijon viloyati Kambag‘alikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasining davlat mehnat nazorati inspektorlari, Filial bo‘lim boshliqlari va mutaxassislari ishtirok etdilar.
“…Mehnat qonunchiligiga doir tizimdagi yangiliklardan biri, bu – mehnat muhofazasi, sanoat xavfsizligi va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha integrallashgan menejment tizimining samarali ishlashini ta’minlash maqsadida “Hududgazta’minot” AJning mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi sohasida siyosati”ning ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etilganligidir, – deydi Filiali boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Gulchehraxon Mamatxo‘jaeva. – Xalqaro standartlar talablariga muvofiq ishlab chiqilgan mazkur siyosat mehnat muhofazasi, sanoat xavfsizligi va atrof-muhit muhofazasi sohasidagi asosiy ustuvor yo‘nalish, maqsad, vazifa va mas’uliyatni belgilab beradi…”
Davra suhbati davomida mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi sohasidagi siyosatda ishchi-xodimlar hayoti va sog‘lig‘i ustuvorligini ta’minlash, ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlar hamda kasb kasalliklarining oldini olish ustuvor vazifa sanalishi alohida ta’kidlandi.




Spelling error report
The following text will be sent to our editors: