Mamlakatimizda 9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda. Shu munosabat bilan “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida ham xotira, inson qadri va vatanparvarlik g‘oyalarini targ‘ib etishga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi.

“Kapital qurilish-montaj ishlari va ijtimoiy soha” filiali faollar zalida bo‘lib o‘tgan tadbirda mehnat faxriylari, ijro apparati hamda filiallar xodimlari ishtirok etdi. Uchrashuvda Vatan tinchligi va yurt osoyishtaligi yo‘lida xizmat qilgan insonlarga ehtirom ko‘rsatish, ularning hayot yo‘li va jasoratini yosh avlodga namuna sifatida targ‘ib etish masalalariga alohida urg‘u berildi.

Print Friendly, PDF & Email