9-MAY – XOTIRA VA QADRLASH KUNI MUNOSABATI BILAN FAXRIYLAR HOLIDAN XABAR OLINDI
9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Sirdaryo magistral elektr tarmoqlari” filiali rahbariyati hamda filial Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan energetika sohasida uzoq yillar samarali mehnat qilgan faxriylar va soha rivojiga munosib hissa qo‘shgan sobiq xodimlar holidan xabar olindi.
Tashrif davomida faxriylar bilan samimiy suhbatlar o‘tkazilib, ularning ko‘p yillik fidokorona mehnati va boy tajribasi alohida e’tirof etildi. Shuningdek, ularga bayram munosabati bilan oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.
Mazkur ezgu tashabbus yoshi ulug‘ insonlarga hurmat va ehtirom ko‘rsatish, ularning mehnatini qadrlash hamda doimo e’zozda ekanliklarini namoyon etishga xizmat qiladi.


Spelling error report
The following text will be sent to our editors: