Joriy yilning 25-fevral kuni Geologiya fanlari universitetida Kasaba uyushmasining 2025-yil yakunlari hamda 2026-yil uchun ustuvor vazifalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Ma’lum qilinishicha, o‘tgan yil davomida xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish, mehnat sharoitlarini yaxshilash, sog‘lomlashtirish tadbirlarini tashkil etish hamda bayram tadbirlarini yuqori saviyada o‘tkazish borasida qator ishlar amalga oshirilgan. Shuningdek, moddiy yordamga muhtoj xodimlarni qo‘llab-quvvatlash, sport va madaniy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish, xotin-qizlar hamda yoshlar bilan ishlash yo‘nalishida tizimli faoliyat olib borilganligi ta’kidlandi.
Tadbir yakunida Kasaba uyushmasining kelgusi yilgi faoliyatini yanada samarali tashkil etish bo‘yicha taklif va mulohazalar bildirildi hamda 2026-yil uchun aniq reja va vazifalar tasdiqlandi.
Mazkur yig‘ilish universitet jamoasining ijtimoiy himoyasi va farovonligini ta’minlash yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Print Friendly, PDF & Email