Respublika Kengashi tomonidan Zomin tumaniga sayohat tashkil etildi
Joriy yilning 12 iyul kuni O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tomonidan tarmoq tizimidagi faoliyat yuritayotgan bir guruh yoshlar bilan Jizzax viloyatining Zomin tumaniga sayohat tashkil etildi.
Respublika Kengashining II yarim yillik ish rejasiga asosan “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” shiori ostida tashkil etilgan ushbu eko-turizm yoshlarni vatanga bo‘lgan muhabbatini yanada oshirish, milliy-madaniy merosimizni yoshlar o‘rtasida targ‘ib qilish, respublikaning tarixiy va diqqatga sazovor joylariga tashrifini tashkil etish, yosh energetik va neft-gaz mutaxassislari o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish, dunyoqarashi va salohiyatini oshirish, bilim va ko‘nikmalarini boyitish, turli tashkilotlarda faoliyat yurituvchi yoshlar o’rtasida o’zaro do‘stona munosabatlar yaratish maqsadlarini o‘zida mujassam etgan.
Eko-turizm davomida sayohatchilar qozon patir va tandir go’sht tayyorlash jarayoni hamda Zomin tumanidagi mashxur qadamjolari hisoblanmish osma ko’prik, Sherbuloq bulog‘i va ming yillik archa bilan tanishdilar.
O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi matbuot xizmati
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: