“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ Sirdaryo IES filialida xavfsizlik texnikasi ko‘rik-oyligi bo‘yicha mehnat muhofazasi vakillari tomonidan ham nazorat tadbirlari olib borilmoqda.
“Elektr energetikasi obektlarida xodimlar bilan ishlashni tashkil etish qoidalari” talablariga muvofiq hamda ishlab chiqarish jarayonlarida xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlash, baxtsiz hodisalar va jarohatlanishlarning oldini olish, xodimlarning mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo‘yicha bilim hamda ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash maqsadida Sirdaryo IES xizmat, sex va bo‘limlarida jamoatchilik asosida tayinlangan mehnat muhofazasi vakillari tomonidan nazorat va tushuntirish ishlari muntazam ravishda tashkil etib kelinmoqda


Spelling error report
The following text will be sent to our editors: