“Taxiatosh IES” AJ tomonidan xodimlar va ularning oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda. Ana shunday tashabbuslar doirasida korxona xodimlarining 60 nafardan ortiq farzandi Chotqol bolalar oromgohida yozgi ta’tilni mazmunli va maroqli o‘tkazmoqda.

Oromgohda bolalarning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish maqsadida madaniy-ma’rifiy tadbirlar, sport musobaqalari, ijodiy to‘garaklar hamda turli ko‘ngilochar dasturlar yo‘lga qo‘yilgan.

Mazkur mashg‘ulotlar yoshlarning qiziqishlarini rivojlantirish, yangi do‘stlar orttirish va sog‘lom hordiq chiqarishiga xizmat qilmoqda.

Shuningdek, oromgohda bolalarning xavfsizligi, salomatligi va qulay dam olishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan.

Bu kabi ijtimoiy ahamiyatga ega tashabbuslar xodimlar farzandlarining har tomonlama kamol topishi hamda yozgi ta’tilni yorqin taassurotlar bilan o‘tkazishiga munosib hissa qo‘shmoqda.

Print Friendly, PDF & Email