🏛“O‘zbekenergota’mir” AJ xodimlari malaka oshirishda ma’naviy yuksaldi
“O‘zbekenergota’mir” AJ xodimlari uchun muzeylarga ma’rifiy ekskursiya tashkil etildi. Jamiyatning Kadrlarni o‘qitish va rivojlantirish bo‘limi…
“Farg‘ona IEM” filialida ishchi-xodimlarning mehnat faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish hamda munosib mehnat sharoitlarini yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shu maqsadda filial Kasaba uyushmasi qo‘mitasi hamda mehnat muhofazasi vakillari tomonidan korxona bo‘linmalarida o‘rganishlar olib borildi. O‘rganishlar davomida xodimlar bilan ochiq muloqotlar tashkil etilib, ularning mehnat faoliyati, ish jarayonida yaratilgan sharoitlar hamda mavjud taklif va muammolari yuzasidan fikrlari tinglandi.
Shuningdek, ishchi-xodimlar uchun yaratilgan maishiy va sanitariya-gigiyena sharoitlari, yuvinish hamda ovqatlanish xonalari, dam olish joylari, birinchi tibbiy yordam vositalari bilan ta’minlanganlik holati ko‘zdan kechirildi.






Spelling error report
The following text will be sent to our editors: