28-APREL – BUTUNJAHON MEHNATNI MUHOFAZA QILISH KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIR O‘TKAZILDI
Surxondaryo viloyatida “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi” doirasida navbatdagi amaliy yig‘ilish tashkil etildi. Tadbir “Oltinsoytumangaz” gaz ta’minoti bo‘limida o‘tkazilib, unda soha mutaxassislari hamda tuman favqulodda vaziyatlar xodimlari ishtirok etdi.
Jarayonda gaz tizimida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavfli holatlarning oldini olish, xavfsizlik qoidalariga qat’iy amal qilish hamda favqulodda vaziyatlarda tezkor va to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi. Shuningdek, xodimlarning tayyorgarlik darajasini oshirish va profilaktik ishlarni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.
Tadbir yakunida ishtirokchilarga xizmat faoliyatida hushyorlikni oshirish, xavfsizlikni ta’minlash va aholining manfaatlarini himoya qilish borasida mas’uliyatni yanada kuchaytirish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.


Spelling error report
The following text will be sent to our editors: