“Jizzax HETK” AJ da Jamoa shartnomasining 2021-yil hisobot konferensiyasi bo’lib o’tdi
18.03.2022y. Joril yilning 18 mart kuni «Jizzax hududiy elektr tarmoqlari korxonasi»AJ katta majlislar zalida kasaba uyushma qo’mitasining konferensiyasi bo’lib o’tdi. Konferensiyada O’zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi Yoshlar ishlari bo’limi mudiri B.Abdullayev, Jizzax viloyati kasaba uyushma tashkilotlari birlashmasi kengashi raisi o’rinbosari A.Ixtiyorov hamda barcha shahar va tuman elektr ta’minoti korxonalari va markaziy xizmatlardan saylangan delegatlar ishtirok etdilar.
Konferensiya kun tartibida «2020-2022 yillarga qabul qilingan Jamoa Shartnomasining 2021 yil yakuni bo’yicha bajarilishi hamda ushbu Jamoa Shartnomasiga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish» masalalari ko’rib chiqildi.
Konferensiya ishini kasaba uyushma qo’mitasi raisi I.O’rinov ochib berdi. Ushbu jamoa shartnomasiga ko’ra unda nazarda tutilgan imtiyozlarni ijrosi bo’yicha 2021 yil yakuniga ko’ra har bir xodimga 21 727 200 so’mdan sarf qilinganligi ta’kidlandi. Ikkinchi masala yuzasidanu jamoa shartnomasiga o’zgartirish kiritilayotgan 2 tа bandi va qo’shimcha kiritilayotgan 7 tа bandi ovozga qo’yildi. Yuqoridagi masalalar delegatlar tomonidan bir ovozdan ma’qullandi va qaror loyihasi qabul qilindi.
O’zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi matbuot xizmati
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: