“Farg’ona IEM” AJda mehnat jamoasi konferensiyasi bo’lib o’tdi.

25.03.2022y. Joriy yilning 25 mart kuni “Farg’ona IEM” jamiyatida 2021-2023 yillarda bajarilishiga bag’ishlangan mehnat jamoasi konferensiyasi bo’lib o’tdi.

Konferensiya ishida O’zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi Mehnatni muhofaza qilish bo’limi bosh mutaxassisi Sh.Rahmonov, jamiyat bosh derektori E.Xamidov, kasaba uyushma qo’mitasi raisi I.Mamasiddiqov hamda jamiyat ishchi-xodimlari ishtirok etdilar.

Konferensiya yakunida so’zga Respublika kengashi Mehnatni muhofaza qilish bo’limi bosh mutaxassisi Shahzodbek Rahmonov so’zga chiqib, mehnatkashlarni ijtimoiy himoyasini kuchaytirish hamda ularga munosib mehnat sharoitlari yaratilishi yuzasidan Respublika kengashi tomonidan olib borilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot berib o’tdi.

Muhokamada so’zga chiqqan delegatlar jamoa shartnomasida belgilangan imtiyoz va kafolatlarni bajarish yuzasidan ish beruvchi va kasaba uyushma qo’mitasining olib borayotgan ishlariga qoniqarli  baho berdilar.

 

 

O’zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi matbuot xizmati

Print Friendly, PDF & Email