«O’ZLITINEFTGAZ» AJda «Sport – mustahkam oilamiz poydevori» shiori ostida  sport musobaqalari tashkil etildi

02.04.2022y. 2022-yil 2-aprel kuni 110-maktabning sport zalida “Sport – mustakam oilamiz poydevori”  nomli sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi. Ularda “O‘ZLITINEFTGAZ” AJ xodimlari va ularning oila a’zolari (ota, ona va 8-12 yoshli bola) ishtirok etdi.

G‘alaba qozonish uchun ishtirokchilar 5 bosqichdan o‘tishlari kerak edi. Natijada 3 ta jamoa sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritib, quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha “Eng chakkon oila”, “Eng axil oila”, “Eng faol oila”, “G‘alabaga bulgan intilishi yuksak oila” sertifikatlari bilan taqdirlandi.

Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan estafeta g‘oliblari va ishtirokchilariga qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

 

 

Manba: «O’ZLITINEFTGAZ» AJ KUQ matbuot xizmati

O’zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi matbuot xizmati

Print Friendly, PDF & Email