“Sport- mustahkam oilamiz poydevori” shiori ostida o’tgan oilaviy spartakiadaning  yakuniy final bosqichi bo’lib o’tdi.

Muhtaram yurtboshimiz rahnamoligida, davlat va jamoat tashkilotlari tomonidan sportni rivojlantirish va ommaviylashtirish, insonlar salomatligini mustaxkamlash yo’lida keng ko’lamli ishlar, bir qator tadbirlar amalga oshirilib, xodimlar va ularning oila a’zolarini sport orqali sog’lomlashtirish, salomatligini tiklash, sog’lom turmush tarzini targ’ib etish, sportga jalb etish masalalariga katta e’tibor qaratilib, ularning davomiyligi ta’minlanmoqda.

Sog’lom turmush tarzini targ’ib etish, xodimlarni ommaviy sportga keng jalb etish bo’yicha belgilangan chora-tadbirlar ijrosini ta’minlash maqsadida, O’zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tomonidan joriy yilning 19-21 may kunlari tarmoq tizimidagi korxona ishchi-xodimlar oilalari o’rtasida “Sport-mustahkam oilamiz poydevori” shiori ostida Spartakiadaning Respublika final bosqichi o’tkazildi.

Korxonalarda faoliyat ko’rsatayotgan mehnatkashlar va ularning oila a’zolarini sportning ommaviy turlariga qiziqtirish orqali mehnat faoliyati samaradorligini oshirishga ko’maklashish, ularni turli kasb kasalliklaridan sport va sog’lom turmush tarzi asoslari orqali muhofaza qilish va sport bilan oilaviy shug’ullanish ko’nikmalarini shakllantirish hamda sportning ommaviyligini oshirish maqsadida tashkil etilgan Spartakiadaning Respublika final bosqichida barcha hududlardan shuningdek, Qozog’iston Respublikasi “Qozog’iston atom sanoati” xodimlari kasaba uyushmasi o’rtasida imzolangan hamkorlik memorandumiga asosan, ikki turdosh kasaba uyushmalar o’rtasida o’zaro aloqalarni yanada kengroq yo’lga qo’yish maqsadida “Qozog’iston atom sanoati” xodimlari kasaba uyushmasidan mehmon jamoa qatnashgani Spartakiadaga o’zgacha ruh baxsh etdi.

Respublika oilaviy sport musobaqalari uch bosqichda, 1-bosqich joriy yilning mart-aprel oylarda korxona va tashkilotlar kesimida, 2-bosqich aprel-may oylarida aksiyadorlik jamiyatlari tizimidagi korxona va tashkilotlar o’rtasida, 3-yakuniy Respublika final bosqichi bo’lib, ushbu spartakiada musobaqalarini o’tkazish jarayonida tarmoq tizimida korxona va tashkilotlarda mehnat qilayotgan 400 dan ortiq oilaviy jamoalarni qamrab olishga erishildi.

 Toshkent viloyati, Qibray tumanida joylashgan “Energetiklar” sixatgohida oʼtkazilgan Respublika oilaviy Spartakida musobaqalarida korxona va tashkilotlar mehnatkashlari hamda ularning oila aʼzolari sportning 6 ta turi boʼyicha bellashdilar.

Respublika final bosqichida “O’zbekgeofizika”АJ tomonidan ishtirok etgan Sharofutdinovlar oilasi 1-o’rinni, “Sirdaryo IES” АJ tomonidan ishtirok etgan Bobokalonovlar oilasi 2-o’rinni va «Xududgazta’minot» АJ Jizzax filiali tomonidan ishtirok etgan Ergashevlar oilasi 3-o’rinni egalladilar.

G’oliblikni qo’lga kiritgan oilaviy jamoalar tarmoq kasaba uyushmasi Respublika Kengashining diplomlari va pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.

Shuningdek, “Eng chaqqon oila”, “G’alabaga boʼ’gan intilishi yuksak oila”, “Eng ahil oila” va “Eng faol oila” nominatsiyalari bo’yicha ham oilaviy jamoalarga esdalik sovg’alari topshirildi.

Bundan tashqari qolgan barcha ishtirokchilar kasaba uyushmasi Respublika Kengashining qimmatbaho sovg’alari bilan rag’batlantirildi.

Tadbir so’nggida ishtirokchilarga tashkil etilgan madaniy tadbir o’zgacha xush kayfiyat baxshida etganligi bilan ahamiyatli bo’ldi.

 

 

O’zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi matbuot xizmati

 

Print Friendly, PDF & Email