O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasining mutaxassislari “Talimarjon IES” AJ ga tashrif buyurishdi

Mamlkatimizda ayollarga e’tibor ko‘rsatish, ularga har tomonlama ko‘mak berish, “Ayollar daftari”da bo‘lgan xotin-qizlarni ish bilan  ta’minlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. 

Yurtimizdagi chekka-chekka hududlarda istiqomat qilayotgan xotin-qizlar ham bugungi islohotlardan bebahra qolmasligi, o‘z iste’dod va qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarib, farovon hayot kechirishlari uchun ko‘plab qaror va farmonlar imzolanmoqda hamda ularning ijrosi ta’minlanishi mutasaddilar tomonidan doimiy nazorat qilib borilayapti.

Mazkur ishlarning munosib davomi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasining mutaxassislari Nuriston qo‘rg‘onchasida bo‘lib, u yerlik ayollarning yashash sharoiti, ularga yaratib berilayotgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar.

Ushbu uchrashuvda “Talimarjon IES” AJning bir guruh faol xotin-qizlari ham ishtirok etib, o‘z qo‘l mehnatlari asosida yaratilgan ijodiy ishlar ko‘rgazmasini tashkil etdi.

Milliyligimiz aks etgan kashtachilik, zardo‘zlik namunalari yig‘ilganlarda katta qiziqish uyg‘otdi. O‘zligimizni namoyon etgan o‘zbekona urf-odatlarimizni bugungi avlodlarga yetkazib kelayotgan stantsiya xodimalariga O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasining mutasaddilari minnatdorlik izhor etdilar.

 

Manba: «Talimarjon IES» AJ KUQ matbuot xizmati

O’zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi matbuot xizmati

Print Friendly, PDF & Email