Xavfsizlik texnikasi kо‘rik oyligi Kasb mahorati bо‘yicha musobaqa о‘tkazildi
“Xavfsizlik texnikasi kо‘rik oyligi” doirasida Yangariq TET о‘quv mashg‘ulotlar maydonida » Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Xorazm hududiy filiali tasarrufidagi tuman va shahar elektr ta’minoti ta’mirlash brigadalari о‘rtasida Kasb mahorati bо‘yicha musobaqa о‘tkazildi.
Erta tongdan boshlangan musobaqada har bir jamoa birdamlikda о‘z mahoratlarini namoyon qilishga tezkorlik bilan kirishib ketishdi. Guruhlardagi har bir xodimning harakati mutaxassislar nazoratida bо‘lib, yо‘l qо‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish bо‘yicha tavsiyalar berildi.
Musobaqa yakunida
1.Yanagriq tuman elektr ta’minoti
2.Shovot tuman elektr ta’minoti
3.Xonqa tuman elektr ta’minoti
Xodimlari faxriy o’rinlarni egallab «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Xorazm hududiy filialining diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.
Undan tashqari kasb mahorati bо‘yicha musobaqada “Eng yaxshi usta”, “Eng yaxshi ish bajaruvchi”, “Eng yaxshi elektromontyor” nominatsiyalari bо‘yicha tanlov о‘tkazildi.
Eng yaxshi usta Yangibozor TET ustasi Atajonov Akrom.
Eng yaxshi ish bajaruvchi Qо‘shkо‘pir TET elektra mantyori Allazarov Og‘avoy.
Eng yaxshi elektra mantyor Xiva SHET Abdusharipov Masharip.
Musobaqada yakunlari bо‘yicha о‘tkazilgan yig‘ilishda «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Mustahkamlik va xafvsizlik texnikasi xizmati yetakchi muhandisi Ulug‘bek Xolmatov, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali bosh muhandisi O.Rajapov, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali mustahkamlik va xavfsizlik texnikasi xizmati boshlig‘i Farxod Matkarimovlar baxtsiz xodisalarni oldini olish, xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish, ish joylarida mehnatni muhofaza qilishni tashkil etish va xavfsiz ish sharoitlarini yaratish bо‘yicha tavsiyalar berishdi.
Manba: “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali KUQ matbuot xizmati
O’zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi matbuot xizmati
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: