XAVFSIZLIK TEXNIKASI KO`RIK OYLIGI DAVOMIDA MUKAMMAL BILIM EGASI KO`RIK TANLOVI O`TKAZILMOQDA

Mukammal bilim egasi – xavfsizlik texnikasi qoidalarini bilishi, jabrlangan shaxsga birinchi yordam ko`rsatish ko`nikmalari ega bo`lishi har bir ishlab chiqarish jarayonlarida ishtirok etuvchi xodimdan talab etiladigan muhim ko`rsatkich hisoblanadi.

Xavfsizlik texnikasi ko`rik oyligi davomida «Navoiy IES» AJda sexlar kesimida 30 yoshgacha bo`lgan yoshlar o`rtasida mazkur ko`rik tanlovlar o`tkazilmoqda. Bundan ko`zlangan maqsad-yoshlarni xavfsizlik texnikasiga oid bilimlarini oshirish hamda mustahkamlashdan iborat.

Bilim sinovlarining navbatdagisi Suvni kimyoviy tozalash sexi yoshlari o`rtasida o`tkazildi. Shuningdek, stansiya miqyosida bilim sinovida yuqori natijalarni qo`lga kiritgan yosh mutaxassislarni moddiy rag`batlantirish ham ko`zda tutilgan. Shu bilan birga, sex xodimlari tomonidan naryad tizimi bo`yicha mukammal ish joylarini tayyorlash jarayonlari ham namoyish etildi.

Manba: «IES» AJ BKUQ

O’zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi matbuot xizmati

 

Print Friendly, PDF & Email