Tizim tashkilotlari yoshlar yetakchilarining 2026-yil birinchi yarim yillik faoliyati sarhisob qilindi
“O‘zbekneftgaz” AJda tizim tashkilotlari yoshlar yetakchilarining 2026-yil birinchi yarim yillik faoliyati yakunlariga bag‘ishlangan hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda yoshlar siyosati doirasida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar hamda yilning ikkinchi yarmida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar muhokama qilindi.
Yig‘ilish davomida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning intellektual, ma’naviy-ma’rifiy va sport yo‘nalishlaridagi faolligini oshirish, yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash, innovatsion g‘oyalar va startap tashabbuslarini rag‘batlantirish borasida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.
Yakuniy qismda faoliyati yuqori baholangan yoshlar yetakchilari e’tirof etilib, yoshlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha muhim vazifalar belgilab olindi.


Spelling error report
The following text will be sent to our editors: