Qoraqalpog‘iston MET xodimlari uchun Xiva shahriga sayohat
🌐 Ichki turizmni rivojlantirish maqsadida joriy yilning 28-mart kuni Qoraqalpog'iston MET boshlangʻich kasaba uyushma qo‘mitasi…
✨ 30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan Gazli NGQChB Kasaba uyushmasi tashabbusi bilan boshqarma yosh xodimlari uchun Qashqadaryo viloyatining so‘lim maskanlaridan biri — Miraki tog‘lariga ma’naviy-ma’rifiy sayohat tashkil etildi.
Ushbu sayohat yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, jamoada hamjihatlik va do‘stona muhitni mustahkamlash, shuningdek, ularda yurtga sadoqat, yuksak ma’naviyat va faol hayotiy qarashlarni rivojlantirishga xizmat qildi.
🌿 Musaffo tog‘ havosi, betakror tabiat manzaralari va samimiy muloqotlar ishtirokchilarga unutilmas taassurotlar, ko‘tarinki kayfiyat hamda yangi energiya ulashdi.
Yoshlar — bugunning kuchi, ertangi kunning ishonchli bunyodkorlari. Ularni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishga qaratilgan bunday tashabbuslar kelajak sari dadil qadamdir.





Spelling error report
The following text will be sent to our editors: