Muborak IEM filiali kasaba uyushma qo’mitasi tomonidan «Quvnoqlar va zukkolar» ko’rik-tanlovining korxona bosqichi tashkil etildi

O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yillik bayramini keng nishonlash maqsadida «IES» AJ Muborak IEM filiali kasaba uyushma qo’mitasi, yoshlar va xotin qizlar kengashlari tomonidan  korxonada ishchi-xodimlar o’rtasida «BIZ BIR BO’LSAK YAGONA XALQMIZ, BIRLASHSAK – VATANMIZ!» shiori ostida «Quvnoqlar va zukkolar» ko’rik-tanlovining korxona bosqichi tashkil etildi.

Unda korxona yoshlari faol ishtirok etdilar va kasaba uyushmasi tomonidan munosib taqdirlandilar.

Manba: “IES” AJ BKUQ

O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi matbuot xizmati

Print Friendly, PDF & Email