“Sport salomatlik garovi”
“11-noyabr – Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni” mehnat jamoalarida turli xil bayram tadbirlari, madaniy-maʼrifiy kechalar, uchrashuvlar hamda sport musobaqalari oʻtkazish shuningdek, turli koʻrik-tanlovlar gʻoliblarini, halol va fidokorona mehnati bilan yurt taraqqiyotiga, kasaba uyushmalari faoliyatini rivojlantirishga munosib hissa qoʻshib kelayotgan xodimlarni eʼzozlash va taqdirlash anʼanaga aylangan.
Joriy yil noyabr oyining birinchi dekadasi kasaba uyushmalari tizimida “Inson qadri uchun, el-yurt baxti uchun!” degan gʻoya asosida “Yangi Oʻzbekistonning yangi kasaba uyushmalari oʻn kunligi” deb eʼlon qilinganligi hamda “11-noyabr – Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan Oʻzbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tomonidan 15-17 noyabr kunlari Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida joylashgan “Orient village” dam olish maskanida “Sport salomatlik garovi” shiori ostida sportning shaxmat, shashka va stol tennis turlari boʻyicha sport musobaqalari tashkil etildi.
Musobaqa qatnashchilarini “11-noyabr – Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni” bilan tarmoq kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi Sh.Kurbanov qizgʻin tabriklab, ezgu tilaklarni bildirdi.
100 ga yaqin ishtirokchi qatnashgan ushbu sport musobaqasida:
Shaxmat sport turi boʻyicha:
1-oʻrin – “Buxorogazsanoatqurilish” AJ KUQ raisi – Alimov Raim Mavlonovich
2-oʻrin – “Hududgaztaʼminot” AJ BKUQ raisi – Axmedov Shonazar Joʻraboyevich
3-oʻrin – “Tarmoq kasaba uyushmasi Qashqadaryo viloyat kengashi” xodimi – Mukarramov Bekzod Muso oʻgʻli
Shashka sport turi boʻyicha:
1-oʻrin – “Hududgaz Namangan” GTF KUQ xodimi – Xodjayeva Gulchehra Azamovna
2-oʻrin – “Oʻztransgaz” AJ BKUQ xodimi – Xolmuxammedova Nargiza Abdukarimovna
3-oʻrin – “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ “Davlat xaridlari markazi” raisi – Xakimova Gulbahor Malikovna
Stol tennis sport turi boʻyicha(Erkaklar oʻrtasida):
1-oʻrin – “Uzbekistan GTL” KUQ raisi – Amanov Sultonbek Baxtiyorovich
2-oʻrin – “Fargʻona IEM” AJ KUQ raisi – Millaboyev Otabek Murodovich
3-oʻrin – “Oʻztransgaz” AJ BKUQ raisi – Boboxonov Baxtiyor Anvarovich
Stol tennis sport turi boʻyicha(Ayollar oʻrtasida):
1-oʻrin – “Hududiy elektr tarmoqlari” Aj Namangan hududiy filiali KUQ xodimi – Baymirzayeva Gulnora Abdusamatovna
2-oʻrin – “IES” AJ BKUQ xodimi – Xodjayeva Maftuna Tohirjon qizi
3-oʻrin – “Sirdaryo IES” AJ KUQ raisi – Musayeva Kamola Akbarjonovna qoʻlga kiritishdi.
Tadbir davomida ishtirokchilar oʻrtasida “Osh chempionati” ham tashkil etildi.
Unda 5 nafar qatnashchilar oʻzaro kuch sinashishdi.
Har bir ishtirokchi oʻz viloyatlari oshlarini tayyorlashdi va hakamlar hayʼati tomonidan har bir ishtirokchi qilgan mehnati munosib baholandi.
Musobaqa soʻngida gʻoliblarni tantanali taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Sport musobaqalarida faol ishtirok etgan va gʻolib boʻlgan ishtirokchilarga Oʻzbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining esdalik sovgʻalari topshirildi.
Sport musobaqasi samimiy va koʻtarinki ruhda oʻtganligi bilan ahamiyatli boʻldi.
O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi matbuot xizmati
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: