“120 yil – Kasaba uyushmalari ayollar va yoshlar manfaatlari yoʻlida!”

Oʻzbekistonda kasaba uyushmalari harakati tashkil etilganligining 120 yilligi munosabati bilan, tarmoq tizimidagi korxona va tashkilotlarda mehnat qilayotgan ayollar va yoshlarning jamiyat xayotida ijtimoiy faolligini oshirish va Gender strategiyasini amalda tadbiq etish maqsadida Oʻzbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tomonidan Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanida joylashgan “Orient Village” dam olish maskanida Ayollar va Yoshlar forumi tashkil etildi.

Forumda tarmoq tizimida mehnat qilayotgan 100 dan oshiq energetika, neft-gaz va geologiya sohalarida faoliyat yuritayotgan ayollar va yoshlar ishtirok etmoqda.

Forumning birinchi kunida ishtirokchilar Oʻzbekiston kasaba uyushmalarining Mehnat va Ijtimoiy munosabatlar akademiyasi faoliyati bilan tanishdilar soʻngra “Orient Village” dam olish maskaniga yetib kelishdi.

 

Oʻzbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi matbuot xizmati

Print Friendly, PDF & Email