Joriy yil 21-noyabr kuni “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Navoiy hududiy filialida Oʻzbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tashabbusi bilan tarmoq tizimida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar kasaba uyushmalari raislari hamda faollari uchun manaviy-marifiy tadbir oʻtkazildi.

Tadbirda davlat rahbarining joriy yil 17-oktyabr kuni kasaba uyushmalari faollari va faxriylari bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvi, shuningdek Prezidentimizning “11-noyabr — Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan kasaba uyushmasi azolariga yoʻllagan tabrigining mazmun mohiyati ishtirokchilarga atroflicha yoritib berildi. Shuningdek, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining IX Qurultoyida belgilangan ustuvor vazifalar, ularning ahamiyati hamda amaliyotga tatbiq etish boʻyicha batafsil maʼlumotlar berildi.
Uchrashuv ochiq muloqot ruhida, savol-javob shaklida tashkil etilgani ishtirokchilarda katta qiziqish uygʻotdi. Faollar kun tartibidagi muhim masalalar yuzasidan oʻz fikr-mulohazalarini va takliflarini bildirishdi.
“Bunday ochiq muloqotlar biz uchun juda zarur. Prezidentimiz oʻz nutqida, “Birgalikda boshlagan ishlarimiz har bir mehnat jamoasi, har bir xodim va uning oilasi uchun manfaatli boʻlayotganiga yana bir bor amin boʻldim. Bundan buyon ham “Inson qadri uchun” degan ezgu gʻoya Yangi Oʻzbekistondagi islohotlarning ustuvor yoʻnalishlaridan biri boʻlib qoladi”, deb taʼkidladi. Bu fikrlar biz uchun muhim dasturil amal boʻlib xizmat qiladi”, — dedi kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisining xotin-qizlar va gender tenglik masalalari boʻyicha maslahatchisi Yulduz Adilova.
O’zbekiston energetika, neft-gaz va geologia xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi matbuot xizmati

Spelling error report
The following text will be sent to our editors: