Kasaba uyushmalari faollari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
Oʻzbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tashabbusi bilan issiqlik elektr stansiyalari tizimida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar kasaba uyushmalari raislari hamda faollari uchun navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda avvalo O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 17-oktyabr kuni kasaba uyushmalari faxriylarі va faollari bilan uchrashuvining mazmun-mohiyati keng yoritildi. Shuningdek, “11-noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan Prezidentimiz tomonidan kasaba uyushmalari faollariga yo‘llangan tabrigida belgilangan ustuvor vazifalar, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining IX Qurultoyi qarorlarida qayd etilgan yo‘nalishlar ishtirokchilarga batafsil tushuntirildi.
Uchrashuvda yana O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyоevning “Yangi O‘zbekiston” gazetasida chop etilgan “Markaziy Osiyo yangi davr ostonasida” nomli maqolasida ilgari surilgan muhim g‘oyalar, mintaqadagi integratsion jarayonlar va ularning mamlakatimiz taraqqiyotidagi o‘rni yuzasidan fikrlar ham muhokama qilindi.
Targ‘ibot uchrashuvi qizg‘in va ruhlantiruvchi muhitda o‘tdi. Ishtirokchilar bilan savol-javob shaklidagi ochiq muloqot tadbirning mazmunini yanada boyitdi, unda har bir faol o‘z fikri, taklifi va kuzatuvlarini bemalol bildirish imkoniga ega bo‘ldi.
Tadbir davomida ko‘tarilgan masalalar kasaba uyushmalarining kelgusi faoliyatini takomillashtirish, xodimlar manfaatlarini ishonchli himoya qilishda samaradorlikni yanada oshirishga xizmat qiladi.
Ma’naviy-ma’rifiy tadbir soha kasaba uyushmalarining o‘zaro hamkorligini kuchaytirish, faollarning bilim va ko‘nikmalarini yangilash hamda kelgusi ishlar uchun aniq vazifalarni belgilashda muhim ahamiyat kasb etdi.
Yig’ilish so’ngida 11-noyabr O’zbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan “O’zbekenergota’mir” AJ kasaba uyushmasi qo’mitasi raisi E.Yarmuhamedov Energetika Vazirligining Faxriy yorlig’i bilan taqdirlandi.


Spelling error report
The following text will be sent to our editors: